Janubiy Koreyaning LG Display kompaniyasi keyingi uç yil mobaynida yangi avlod displeylarini yaratişga 8.5 mlrd dollar investitsiya kiritadi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Apple’ga displey yetkazib beruvçi kompaniya bu mablağni organik svetodiodlar texnologiyasi (OLED) asosida işlaydigan displeylar borasidagi işlanmalarga yönaltiradi. Kompaniya mutasaddilari bu displeylarga bölgan talab smartfonlar, avtomobil konsollari va televizorlar segmentlarida yuqori bölişiga umid qilmoqda.
LG Display yirik OLED-displeylar işlab çiqariş sohasida jahonda yetakçi hisoblanadi, ammo uşbu mahsulotga bölgan talabning tuşib ketişi kompaniyani kiçik gadjyetlar bozoriga e'tibor qaratişga undamoqda.