Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan Jahon çempionati-2018 ikkinçi saralaş bosqiçi doirasidagi Yaman hamda Filippin terma jamoalariga qarşi öyinlar uçun 30 futbolçidan iborat kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.
Milliy terma jamoa safida 83ta öyin ötkazgan Aleksandr Geynrix yana bir bor milliy terma jamoaga çaqiruv olgan. Şu bilan birgalikda, Toşkentning “Lokomotiv” klubi hujumçisi Temurxöja Abduholiqov ham biroz vaqt tanaffusdan keyin terma jamoaga qaytgan.
Samvel Babayan terma jamoaga boş murabbiy qilib tayinlanganidan keyin taşkil etilgan iyul oyidagi yiğindan farqli ölaroq, bu safar xorijda faoliyat olib borayotgan futbolçilar ham jalb etilgan. Şuningdek, avvalgi yiğinda iştirok etmagan futbolçilardan Ignatiy Nesterov, Şavkat Mullajonov va Sanjar Şoahmedov ham uşbu röyxatdan örin olgan.
Ikki muhim öyin oldidan ötkaziladigan yiğinga çaqirilganlar orasida milliy terma jamoa tarkibida eng köp maydonga tuşgan futbolçi — Server Jyeparov hisoblanadi. U şu kunga qadar mamlkat boş jamoasi safida 107 bor maydoga tuşib, 23 marta raqib darvozasini işğol qilgan. Öyinlar soni böyiça ikkinçi örinda Ignatiy Nesterov. U milliy terma jamoa darvozasini 91 öyinda qöriqlagan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon va Osiyo çempionatining qöşma saralaş bosqiçi doirasida 3 sentabr kuni Toşkentda Yaman terma jamoasini qabul qiladi. Bu uçraşuvdan beş kun ötib, Samvel Babayan şogirdlari safarda Filippin terma jamoasiga qarşi öynaydi. Bu ikki öyinga tayyorgarlikni terma jamoa 27 avgustdan boşlaydi.
Darvozabonlar
1) Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”)
2) Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
3) Eldor Suyunov (“Nasaf”)
Himoyaçilar
4) Aleksandr Merzlyakov (“Paxtakor”)
5) Davron Xoşimov (“Paxtakor”)
6) Yegor Krimets (“Paxtakor”)
7) Anzur Ismoilov (“Çangçun Yatay”)
8) Islom Töxtaxöjayev (“Lokomotiv”)
9) Şerzod A'zamov (“Nasaf”)






