604 ming nafar abituriyent va ularning milliondan ziyod yaqinlari. Ayni kunlarda 1 avgust kuni bölib ötgan test natijalari qaçon e'lon qilinadi, degan savolga javob millionlab yurtdoşlarimizni qiziqtirib turibdi. 16 avgustda Davlat test markazi imtihonlar natijasi 17 avgust kuni e'lon qilinişi xabar berilgan edi.
Biroq heç qanday rasmiy izohlarsiz imtihon natijalarini e'lon qiliş yana ortga surildi. Bu esa köplab taxminlar, norasmiy va tasdiqlanmagan xabarlarning köpayişiga olib kelmoqda.
Jumladan, huquqşunos bloger Xuşnudbek Xudayberdiyev öz blogida ana şunday xabarni e'lon qildi. Uning fikriça, abituriyentlar sonining yildan-yilga oşib borayotgani javoblar çiqadigan kunning biroz keçikişiga sabab bölişi tabiiy. Masalan, ötgan yili 540 mingdan ortiq abituriyent hujjat topşirgan va javoblar 16 avgust sanasida e'lon qilingan edi. Joriy yilda esa, 605 ming nafar abituriyent hujjat topşirdi. Bu ötgan yilgidan 65 ming nafarga köp demakdir. Şu sababli garçi bugun 17 avgust bölsa-da, ammo javoblar e'lon qilinmadi va buni töğri tuşuniş kerak.
Bloger norasmiy ma'lumotlarga asoslangan holda test sinovlari ertaga, 18 avgust kuni e'lon qilinişini aytib, javoblarni bilişning 4-5 yölini keltirib ötgan.
Biz esa Davlat test markazi qönğiroqlarga javob bermaslikdan köra imtihon natijalari har yilgidan keçiktirilayotganiga rasmiy izoh berib, uning aniq muddatini xalqqa e'lon qilişini maqsadga muvofiq, degan bölar edik.






