Bugun, 18 avgust kuni Hindiston prezidentining rafiqasi Suvra Mukxerji vafot etdi, deyiladi prezident kotibiyatining rasmiy xabarida.
“Çuqur qayğu bilan xabar qilamizki, Suvra Mukxerji bugun ertalab (2015 yil 18 avgust) hayotdan köz yumdi. U bu dunyoni 10:51 (mahalliy vaqt)da tark etdi”, deyiladi xabarda.
Times of India naşrining yozişiça, Hindistonning birinçi xonimi ançadan buyon bemor edi. Juma (14 avgust) kuni u nafas olişdagi qiyinçilik tufayli şifoxonaning intensiv davolaş palatasiga yotqizilgan. Mukxerji, şuningdek, yurak xastaligidan ham aziyat çekardi.
Suvra Mukxerji 1940 yilning 17 sentabrida Jyessor (hozirgi Bangladeş hududida) dunyoga kelgan va amaldagi Hindiston prezidenti Pranaba Mukxerji bilan nikoh töyi 1957 yilning 13 iyulida bölib ötgan.






