Qutqaruvçilar Indoneziyada Trigana aviakompaniyasiga tegişli ATR 42-300 samolyoti halokatga uçragan joyda 38 jasadni aniqladi, deya xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Hodisa joyida 37 katta yoşli va bir gödak jasadi aniqlandi”, deya ma'lum qildi Indoneziya transport vazirligi vakili.

Uning ta'kidlaşiça, noqulay ob-havo tufayli hayotdan köz yumganlarning jasadlarini evakuatsiya qiliş imkon bölmagan.

Bundan avvalroq esa qutqaruvçilarning Indoneziyada samolyot halokatga uçragan hududga yetib borgani ma'lum qilingan edi.