2015 yilning birinçi yarmida Moldovadan Özbekistonga olib kirilgan tovarlarning umumiy qiymati 3.5 mln dollarni taşkil qildi. Bu ötgan yilning şu davri körsatkiçlaridan 23 foizga kamdir. Şu bilan birga, Özbekistonning Moldovaga eksporti 19.9 foizga ösib, 7.6 mln dollarni taşkil qildi. Bu haqda Moldova statistika byurosi hisobotidan ma'lum böldi.

Özbekiston Moldovaga kimyo sanoati, farmatsevtika mahsulotlari, tekstil, kimyoviy tolalar, yer transporti vositalari, uruğ-köçat, çorva yetkazib beradi. Moldova Özbekistonga turli işlab çiqariş tovarlari – mebel, lampalar va yorituvçi uskunalar, quriliş konstruksiyalari eksport qiladi.