Hozirgi yengil-yelpi kinofilmlar tanqid ostiga olinib, "Özbekfilm" tomonidan avvallari işlangan filmlarga öxşaş filmlar işlanişi qömsalgan "Örtoq Özbekfilm" nomli şe'ri bitildi.
ÖRTOQ ÖZBeKFILM!
(M.Yusufga öxşatma)
Örtoq “Özbekfilm”, qumsaydi köngil,
Şunça yil mizğiding, uyğongil endi.
Hozirgi filmlar judayam yengil,
Boşingni kötar-yey, tölğongil endi.
Hozirgi filmlar vazni par, yengil,
Tuğilib, uç kunda ölaveradi.
Yana “Yor-yorlar”ga tortadi köngil,
“Suyunçi”ni körgim kelaveradi.
“Sevginatorlar”mu işq tarbiyasi,
Çorlar nursizlikning dasturxoniga.
“Superkelinçak”ning böş saviyasi
Tortmaydi “Kelinlar qözğoloni”ga.
Nogoh "Ulfat"larga tuşadi közim,
Ozgina hazildan söylar lofçilar.
Eşik taqqilasa, qaraysiz, u kim?
Bari “Zamonaviy yangi sovçilar”...
Bu bir parça sahna, filmlar emas,
Boşlansa, örnimdan turgim keladi.
Töğrisi, qandaydir “Börilar”nimas,
“Töylar muborak”ni körgim keladi.
Razzoq Hamrolarni qumsaydi köngil,
Nabi Rahimlarga tortar humorlar.
Ergaş Karimlardan bir qatra şingil,
Nahot qaytmas endi Hamza Umarlar?!
Örtoq “Özbekfilm”, bermaysan javob,
Özingga topdingmu har xil “panohlar”,
Oinai jahonga termuliş azob,
Çarçatib qöymoqda bir xil nigohlar!
Ma'nisiz olamda közlarim toldi,
Oqmay qöydilar-yey dil jolalar ham.






