AQŞning Kaliforniya ştatida Flash Memory Summit anjumanida Samsung kompaniyasi dunyodagi eng katta hajmli ma'lumotlar töplagiçini namoyiş qildi. U 2,5″ ölçamga ega qurilmalar orasida özida saqlaydigan aborot hajmi böyiça eng kattasi böldi. U 16 terabaytga (1 terabayt = 1000 Gbayt), yanada aniqroq aytadigan bölinsa, 15,36 Tbayt xotiraga ega. Jamlagiç fleş-xotiralar asosida yaratilgan.

Taqqoslaş uçun, hozirda eng katta hajmli HDD töplagiçlarni Seagate va Western kompaniyalari yaratadi, ularning eng kattasining hajmi 10 Tbaytni taşkil qiladi.

Samsung SSD-töplagiçning xotirasini bunday sezilarli oşirişga dunyodagi birinçi yangi avloddagi, 48 ta uç bitli TLC qatlamlariga ega, 256 Gb li 3D V-NAND fleş-xotirasi evaziga muvaffaq böldi.

Uç fazoli köp qatlamli fleş-xotirani yaratiş borgan sari murakkablaşib bormoqda. Ötgan yili muhandislar 36 ta qatlam, 2013 yilda esa 24 ta qatlam olişga erişgan edilar. Hozirda esa 48 qatlamli uçinçi avlod texnologiyasi yaratildi.

3D NAND texnologiyalari ustida nafaqat Samsung, balki Toshiba va Intel ham iş olib bormoqda, biroq ular körinişiça koreyslardan tadqiqotlar borasida biroz ortda qolişmoqda.

Flash Memory Summit anjumanida kompaniya 48 ta şunday töplagiçga ega serverni namoyiş qildi, bu serverning umumiy hajmi 768 Tbaytni taşkil kildi.

Ma'lumotlarni saqlaşning serverli tizimi unumdorligi 2 000 000 IOPS (bir soniyada kiritiş-çiqariş operatsiyalari). Taqqoslaş uçun, oddiy SSD-töplagiçlarda bu körsatkiç 10 mingdan 90 ming IOPS gaça oraliqda joylaşgan.

Agar SSD-töplagiçlarni yaratiş jarayoni şunday yuqori sur'atlar bilan boradigan bölsa, unda bir neça yildan keyin HDD-disklar bunday töplagiçlarga raqobat qilişi dargumon bölib qoladi. Biroq buning uçun avval bunday töplagiçlarning narxini ançagina tuşiriş lozim böladi.