Tailand maxsus xizmatlari Bangkokdagi teraktlarni uyğur terrorçilari uyuştirgan bölişi mumkin deb hisoblamoqda. Bu haqda The Bangkok Post naşri xabar bermoqda.
Taxmin qilinişiça, qöporuvçilik aynan xitoylik turistlarga qarşi qaratilgan. Motivlardan biri sifatida iyul oyida XXRga 109 nafar uyğur qoçqinlarining deportatsiya qilingani körilmoqda. Bu voqea tailandlik musulmonlar va huquq himoyaçilarining ommaviy noroziligini keltirib çiqargan edi.
Aytilişiça, ikki hafta muqaddam Xitoy elçixonasi politsiyadan diplomatik missiyani qöriqlaş çora-tadbirlarini oşirişni söragan edi. Maxsus xizmatlar, öz navbatida, xitoylik turistlarga hujumlar uyuştirilişi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Ma'lum bölişiça, ayni paytda politsiya Bangkokning uyğur mahallasida jinoyatçini qidirmoqda.
Eslatib ötamiz, 17 avgust kuni Bangkokda sodir bölgan portlaş oqibatida 20 kişi halok böldi, ulardan 6 nafari xitoyliklar edi.






