2015 yil birinçi çoragi natijalariga köra, Universal Mobile Systems (UMS) mobil operatori abonent bazasi 643,1 min nafar foydalanuvçini taşkil etdi. Bu haqda Rossiya va MDH davlatlaridagi yetakçi telekommunikatsiya operatori “Mobilnyye TeleSistemy” MÇJ hisobotida e'lon qilindi.

Kompaniya ma'lumotlariga köra, abonent bazasining ösiş körsatkiçi 2015 yil boşiga qaraganda 3,41 barobarga ortgan. 2014 yakunida esa operator Özbekistonda 188,1 ming abonentga xizmat körsatgan edi. MTS`ning başorat qilişiça, UMS abonent bazasi 1,15 mln abonentga qadar ortadi.

2015 yilning birinçi yarmida UMS`ning Özbekistondagi uluşi 2014 yilgi 1 foizdan 3 foizga qadar ortgan. Kompaniya 2015 yilda 189 mlrd söm daromad körişni rejalaştirgan.

Çoraklik hisobotda keltirilişiça, operator körgan operatsion zarar 66,323 mlrd söm bölib, sof zarar miqdori 28,123 mlrd sömni taşkil etadi.

Hisobot davrida OIBDA (asosiy vositalar amortizatsiyasi va nomoddiy aktivlar çiqarib taşlangunga qadar bölgan daromadni bildiruvçi tahliliy körsatkiç) körsatkiçi -22,235 mlrd sömni taşkil etgan. MTS OIBDA körsatkiçi böyiça ijobiy natijaga 2016 yilda erilişini başorat qilmoqda.

2015 yilning ikkinçi çoragida bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar körsatkiçi (MOU) 462 daqiqa bölib, 2015 yil birinçi çoragida bu raqam 356 daqiqani taşkil etgan. Bir oyda bitta mobil aloqasi abonentiga bölgan örtaça hisob (ARPU körsatkiçi) 23373 sömni taşkil etgan (2015 yil birinçi çoragida — 21027 söm).
Eslatib ötamiz, UMS 2014 yil 1 dekabrdan Özbekistonning barça hududlarida öz xizmatlarini körsatişni boşlagan.

“Universal Mobile Systems” ta'sisçilari “Mobilnyye TeleSistemy” OAJ (50,01 foiz) va Axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi huzuridagi “Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi (49,99 foiz) hisoblanadi.