Angliyaning «Mançester Siti» klubi argentinalik himoyaçi Nikolas Otamendining sotib olinganini rasman tasdiqladi. Bu haqda xabar «şaharliklar» rasmiy saytida e'lon qilingan.
Otamendi jamoa bilan 5 yillik şartnomaga imzo çekdi. Argentinalik 27 yoşli himoyaçi joriy yozda «Siti» asosiy tarkibi uçun Rahim Sterling va Fabian Delfdan keyin xarid qilingan uçinçi futbolçi böldi.
Yangi futbolçi mançesterliklar safida 30 raqamida ostida töp suradigan böldi.
Klub rasmiy saytida futbolçining transferi qiymati borasida ma'lumotlar berilmagan.
Biroz oldinroq tarqalgan xabarlarga köra, futbolçini sotib oliş uçun klub «Valensiya»ga 45 million yevro tölagan.






