Estoniya prezidenti Tomas Ilves Rossiyada ayğoqçilikda ayblanib sudlangan politsiyaçi Eston Koxverni qahramon deb atadi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Odam ertalab uydan çiqib ketsa-yu, 24 soatdan keyin Moskvaning Lefortovosida bölsa, lekin şuda ham ruhiyatini baland tutib, hazillaşişga kuç topa olsa, demak, bu kişining ruhiy poydevori mustahkam”, – dedi Ilves.
Keça Pskov sudi estoniyalik politsiyaçini ayğoqçilikda ayblab 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi. Estoniya tomoni, öz navbatida, Koxverning öz davlati hududida, Pskov çegarasiga yaqin joyda öğirlab ketilganini ma'lum qilmoqda.

Koxverga hukm Estoniya davlat bayramidan bir kun oldin öqilgani, Ilvesning fikriça, tasodif emas.
“U işini yaxşi bajargani uçun qamoqqa tuşdi. Çunki Estoniyaning işlari joyida. Ayrim odamlar va mamlakatlarning fikriça, hatot juda yaxşi ketmoqda”, – ta'kidladi prezident.