Honda kompaniyasi BR-V nomini olgan yangi 7 örinli krossover bilan mijozlarni taniştirdi. Prototip Indoneziyadagi avtosalonda körsatilgan, tovar versiyasi 2016 yil boşida çiqariladi.

Yöltanlamas 1.5 l li benzin dvigateli yordamida harakatga keltiriladi; uşbu agregatning quvvati 120 ot kuçi ekvivalentiga teng. U 6 bosqiçli mexanik ötkazmalar qutisi bilan uyğunlaştirilgan.
Şuningdek, maşina svetodiodli orqa çiroqlar, 16 dyuymli ğildirak disklari, 2-qator örindiqlari uçun şamol eltgiç, frontal xavfsizlik yostiqlari, barqarorlaştiriş tizimi va toğlarga çiqişda yordam beruvçi funksiya bilan ta'minlangan.

BR-V Honda’ning Indoneziyaning Karavang şahridagi korxonasida işlab çiqariladi. Krossoverning narxlari 16.6 ming dollardan boşlanadi.