Peru kongressi a'zolari bir ovozdan narkofuruşlarga tegişli samolyotlarni urib tuşirişga ruxsat beruvçi qonun loyihasini tasdiqlaşdi.

Qayd etiş joizki, Peru kokain va giyohvand moddalar yetkazib beriluvçi asosiy hududlardan biri hisoblanadi.

Perudagi agentlikning xabariga köra, mamlakatda yetiştirilgan giyohvand moddalar asosan AQŞ hududiga kiçik samolyotlar orqali taşib boriladi.

AQŞ bu holatga qarşi kuraş dasturlarini moliyalaştiruvçisi ekani aytilgan.

Ma'lumot uçun, 2001 yilda perulik harbiylar amerikalik missionerlar ketayotgan xususiy samolyotni xatolik tufayli urib tuşirganidan keyin bu amaliyot töxtab qolgandi.