Dollarning Qozoğiston milliy valyutasi – tengega nisbatan örtaça kursi 2.79 tengega oşib, 252.47 tenge/1 dollarni taşkil qildi. Bu haqda Qozoğiston fond birjasi (KASE) savdolari çoğida ma'lum qilindi.
Savdolarning ertalabki sessiya umumiy hajmi 49.6 mln dollarni taşkil qildi.
Eslatib ötamiz, Qozoğiston rahbariyati tenge kursini erkin qöyib yuborişi haqida e'lon qilganidan söng monetar siyosatning birinçi kunidayoq tenge dollarga nisbatan 26 foizga arzonlaşdi va real kurs 255 tenge/1 dollarni taşkil qildi.






