Londonning "Çelsi" jamoasi boş murabbiyi Joze Mourino öz şogirdlari körsatayotgan öyindan noroziligini, jamoa öta qoniqarsiz natijalar körsatayotganini bildirib ötdi.
Jamoa oxirgi 17 mavsum davomidagi eng yomon startni amalga oşirgaç, murabbiy özining jamoadagi işidan qoniqmayotgani haqida gapirgan.
"Men jamoadagi barça futbolçilarning jismoniy holatidan noroziman: Ivanoviç ham, Gari Kexill ham, Jon Terri, Sesar Aspilikueta, Eden Azar, Fabregas, Matiç. Özimning holatimdan ham qoniqiş hosil qilmayapman. Men har kuni sport zaliga boraman, lekin bu foyda bermayapti", deydi u Mirror naşriga bergan intervyusida.
Murabbiy jamoaning texnik va jismoniy tayyorgarligini oşirib, öyin uslubini özgartiriş zarurati paydo bölgani haqida gapirgan. U hali barçasini töğrilaşga vaqt borligini qöşimça qilgan.
Qayd etiş kerakki, "Çelsi" 20 avgust kuni "Barselona"dan Pedro Rodrigesni 30 mln yevro evaziga transfer qildi. Jamoaning yangi a'zosi ayni vaqtda maşğulotlarga qöşilgan.
Ma'lumot uçun, APLning ötgan ikki turi natijalariga köra, "Çelsi" 1 oçko töplagan holda 16 poğonada joylaşgan. Londonliklar 1 turda "Suonsi" bilan 2:2 hisobida durang öynaşdi, ikkinçi turda esa "Mançester Siti"dan 0:3 hisobida mağlubiyat qabul qilib olindi. Jamoa 3 turni 23 avgustda "Vest Bromviç"ga qarşi ötkazadi.






