2000 yilda Sidneyda bölib ötgan yozgi Olimpiya öyinlarida özbekistonlik sportçilar orasida ilk olimpiada çempioni bölgan sportçi, hozirda Özbekiston professional boks federatsiyasida birinçi vitse-prezident lavozimida faoliyat olib borayotgan Muhammodqodir Abdullayev bilan suhbat uyuştirildi.

Muxbir dastlab, undan boksga qiziqiş qay tariq paydo bölganini söragan.
"Oçiğini aytsam, özim boksga qiziqmaganman. Otam şu sportning aşaddiy muxlisi. Yoşligimda mening boksçi bölişimni orzu qilganlar. Şu sabab boksga kirib kelganman", deb javob beradi Abdullayev.

Undan Andijon va Qöqondagi öziga xos boks maktablari haqida söralganida esa, u bu qaraşni tasdiqlab, ayni paytda Buxoro, Xorazm va Surxon vohasida ham mahoratli çarmqölqop ustalari yetişib çiqayotgani, Çirçiqda ham bu borada ösiş kuzatilayotgani haqida aytadi.

Sönggi Olimpiadada boks yönalişida faqatgina Abbos Atoyev şohsupaga kötarilib, avvalgi Olimpiada natijalariga qaraganda ança past körsatkiç qayd etilganiga öz munosabatini bildirar ekan, sobiq boksçi bunga avlodlar almaşinuvi sabab qilib körsatgan.

"Bahodir Sultonov hamda Ötkir Haydarov kabi Olimpiada sovrindorlarining yoşlari ötib qolgani va şu kabi turli sabablar bois London Olimpiadasida qatnaşa olişmadi. Londonda boksçimiz Jasurbek Latipov mağlub bölgan payt hakamlar oçiqçasiga raqibga yon bosişdi. Buni hamma sezgandi. Ammo bu bilan çeklanib qolganimiz yöq. Biz öz ustimizda işlaşni davom ettiramiz", deydi u.

"Hammasi özlariga boğliq. Maşq qilişni töxtatişmasa, doimo harakatda bölişsa, yaxşi natijaga erişişlari mumkin, albatta. Bir neça yil oldin Elşod Rasulov vazni jihatidan nafaqat Özbekistonda, balki, jahonda ham birinçi raqamli boksçi edi. Biroq, afsuski, “yulduzlik kasali”ga uçrab, öz mavqeini yöqotdi. Bundan taşqari, Oybek Mamazulunov bilan keçgan janglarda ham mağlubiyatga uçradi. Ana şu mağlubiyatidan söng u öziga keldi. Biroq endi unga yoş masalasi ança pand berib qöyadi", deydi Abdullayev bölajak Olimpiadada özbekistonlik boksçilarning imkoniyatlari haqida gapirib.

U öz örnini bosa oladigan yoş iste'dodlar safida Bektemir Meliqöziyev nomini alohida qayd etgan.

Muxbir sobiq boksçini Olimpiada çempionligidan söng professional boksga ötiş taassurotlari haqida ham savolga tutadi.

"Professional boksda birgina jang uçun kamida 2-3 oy tayyorlanasiz. Mana şu muddat içida sizda raqibingizni örganiş uçun vaqt böladi. Qolaversa, unda ham sizni örganiş imkoni bor. Havaskor boksda esa, aksinça, birgina tayyorgarlik orqali barça raqiblarni örganişingiz kerak. Siz unda turli uslubda jang olib boradigan boksçilar bilan ringga tuşasiz. Katta boks 3 daqiqadan 12 raund davom etadi. Bu esa sportçidan juda katta kuç talab etadi. Havaskor va professional boksda qölqoplarning ham farqi bor. Havaskor boksdagi qölqoplar yumşoq materialdan tayyorlansa, katta boksda boşqaça. Bellaşuv payti zarbdan raqibning qoşi yorilişi kabi haqiqiy jang bölayotgani bilinib turişi uçun ham katta boksning qölqopi ança yupqa böladi", deb javob qiladi Muhammodqodir Abdullayev.

U suhbat söngida AIBA bahslaridan taşqari yaqin orada Özbekistonda yirik boks keçalari ötkaziş rejalari haqida fikr bildirgan.

"Hozirda mana şu iş ustida boş qotiryapmiz. Nasib qilsa, 14 noyabr kuni katta boks keçasini ötkazmoqçimiz. Bunday jang hali yurtimizda ötkazilmagan. Sababi unda “Intercontinental pasiboco WBO” kamari uçun jang bölib ötadi. Şu keçada bir qator vakillarimiz ringga çiqişadi. Mana şu keçada yurtimizdagi boks muxlislari uçun unutilmas jang böladi, degan umiddamiz", deydi u.