AQŞning Tsintsinnati şahrida “Masters” seriyasiga kiruvçi yirik tennis turniri yakunlandi.
Western & Southern Open nomi bilan ham ataladigan uşbu turnir finalida serbiyalik Novak Jokoviç şveysariyalik Rojyer Federerga qarşi kortga çiqdi va mağlub böldi.
Federer ikki set davom etgan bahsda 7:6 va 6:3 hisoblari bilan ğolib çiqdi.
Biroz oldinroq, uşbu turninrning ayollar örtasida ötkazilgan bahslarida Serena Uilyams ketma-ket ikkinçi yil tengsiz deb topilgani xabar qilingandi. U finalda ruminiyalik Simona Xalepdan ustun kelgan.
Ma'lumot uçun, uşbu turnirning jamğarmasi 4 457 065 dollarga teng edi.






