Toşkent va Aşxobod Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning Özbekistonga rasmiy taşrifiga tayyorgarlik bilan boğliq masalalarni muhokama qildi.

Bu haqda Özbekiston Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor Ğaniyev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasining Turkmaniston Taşqi işlar vazirligi rahbariyati bilan uçraşuvida aytib ötildi.

“Xususan, uşbu uçraşuv çoğida imzolanişi rejalaştirilayotgan ikki tomonlama hujjatlar paketini tayyorlaş masalasi körib çiqildi”, deyilmoqda Turkmaniston TIV matbuot xizmatida.