Ufada oromgohda dam olayotgan ikki nafar 14 yoşli qiz ermak qilib özlarining öğirlanganliklari haqida soxta ma'lumot berib, mahalliy politsiyaçilarni aldadi. Bu haqda Boşqirdiston Respublikasi IIV matbuot xizmati saytida ma'lum qilindi.

“Bir qiz qörqqan alfozda militsiya bölimiga telefon qilib, uni va singlisini noma'lum erkak öğirlaganini aytgan. Uning aytişiça, erkak ularni örmon tomonga olib borib, maşinaga ötkazib öğirlab ketib, yopiq xonada saqlagan. Birozdan keyin jinoyatçi qizlarni ozod qiliş uçun öz şartini ovoza etgan, ya'ni 2 million rubl talab qilgan. Qiz faqatgina jinoyatçi va uning maşinasining alohida belgilarini ayta olgan”, deyiladi xabarda.
Militsiya bölimiga kelib tuşgan uşbu xabar böyiça jinoyatçi va qizlarni qidirişga bölimning 50 nafar xodimidan taşkil topgan butun şaxsiy tarkibi otlangan, ular butun hududni aylanib çiqişgan, uylarning tomlari va yertölalarini tekşirib çiqişgan. Jinoyatçi maşinasi belgilari tasvirlangan axborot barça patrullarga jönatilgan. Yöl politsiyaçilari tasvirlangan maşinaga öxşaş barça maşinalarni tekşirişgan. Biroq batafsil tekşiruvdan keyin qizlarning öğirlanişi holati umuman bölmagani aniqlangan.
“Qönğiroq egasining aytişiça, u bekorçilikdan telefonni olib, 02 xizmatiga telefon qilib, ularni laqillatişga qaror qilgan. Qizlar baloğatga yetmaganlar işlari böyiça ispektorlarga şu tariqa ermak qilişga qaror qilişganini aytişgan”, deb ta'kidlanadi huquq-tartibot boş boşqarmasi matbuot xizmatida.
Uşbu voqea yuzasidan tekşiruv ötkazilmoqda. Baloğatga yetmagan qizlarning vakillarini qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortiş masalasi hal qilinmoqda.