Fitch xalqaro reyting agentligi Ukraina suveren kredit reytingini SS darajasidan S darajasiga tuşirdi. Bu bilan agentlik tahlilçilari mamlakatda defolt kelib çiqişi aniqligini tasdiqlaşdi. Bu haqda 27 avgust kuni agentlik saytida çop etilgan hisobotda ma'lum qilindi.

Reyting pasayişiga sabab sifatida taşqi qarzlarning 20 foizga restrukturizatsiya qilinişi körsatildi. Bu bilan mamlakat qarzdorlik majburiyatlarini tölaligiça ötagan taqdirda bankrot bölişini tasdiqladi, deyiladi hujjatda.
Ta'kidlanişiça, Fitch hozirça mamlakat reytingining kötarilişiga turtki böladigan omillarni körmayapti.

Eslatib ötamiz, 27 avgust kuni Ukraina va kreditorlar kengaşi qarzlarning 20 foizini öçiriş haqida kelişuvga erişişdi. Ukraina moliya vaziri Natalya Yaresko Rossiyani ham restrukturizatsiyaga qöşilişga çaqirdi. Bunga javoban Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Moskva qarzlarning töliq ötalişini talab qilişini aytdi.