Şveytsariyaning soat işlab çiqaruvçi Omega kompaniyasi josus 007 Jyeyms Bond haqidagi filmning 24-qismi – “Spektr”ning ekranlarga çiqarilişi arafasida film boş qahramoni foydalanadigan Seamaster 300 Spectre soat modelidan 7007 dona işlab çiqardi.

Soatlar sentabrdan boşlab firma butiklarida sotuvga çiqariladi.
“Meni hayratlantirgani jihati, bu soat umuman noldan boşlab yasalgan”, deb aytdi josus rolini ijro etgan aktyor Deniyel Kreyg.

Agent 007 20 yildan beri Omega Seamaster modeliga sodiq bölib qolmoqda. Birinçi marta bu modeldagi soat bondiananing Pirs Brosnan ijrosidagi “Oltin köz” (1995) filmida paydo bölgan.

8400 OMEGA Master Co-Axial innovatsion koaksial kalibrlaş mexanizmiga ega Seamaster 300 Spectre soati suv ostida suziş işqibozlari uçun juda qöl keladi: ular aylanuvçi qora rangdagi keramik dayver bezeli bilan jihozlangan. LiquidMetal’dan 12 soatli şkala vaqtni turli vaqt kamarlarida köriş uçun möljallangan. Model 5 ta kulrang va qora tasmalarga ega NATO remeşogi bilan jihozlangan. Remeşok taqgiçining metall detalida bondiananing logotipi – 007 va töpponça surati öyib tuşirilgan. Soatning orqa kopqoğida modelning 7007 ta nusxasining har birining seriya raqami tuşirilgan.

Omega kompaniyasi Lui Brandt tomonidan 1848 yilda Şveytsariyaning La-şo-de-Fone şahrida asos solingan. 1965 yilda Omega Speedmaster soati NASA tomonidan “Apollon” dasturi uçun tanlangan, 1969 yilda amerikalik fazogir Bazz Oldrin qölida Oy sirtida bölgan, rus fazogiri Aleksey Leonov bu soatni “Soyuz” va “Apollon” kemalarining ulanişi paytida qölida taqib yurgan.
Omega 20 martadan köproq marta (1932 yildan boşlab) Olimpiya öyinlarining rasmiy xronometristi sifatida çiqqan.