Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev Eronga rasmiy taşrif uyuştiradi. Bu haqda Qirğiziston respublikasi prezidenti apparati qoşidagi taşqi siyosat bölimi rahbari örinbosari Sapar Isakov ma'lum qilgan.
Taşrifdan asosiy maqsad ikki davlat örtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş hisoblanadi.
"Prezidentimiz 4-6 sentabr kunlari davomida Eron islom respublikasida rasmiy taşrif bilan böladi. Ayni vaqtda bunga tayyorgarlik körilmoqda", deydi Sapar Isaqov.
Uning qayd etişiça, Eron Qirğizistonni YeIIha a'zoligini hisobga olgan holda bu mamlakat bilan hamkorlikda özi uçun manfaatli jihatlarni körmoqda.
Almazbek Atambayev Eronda mamlakat rahbari Hasan Ruhoniy bilan tor doiradagi uçraşuv ötkazişni rejalaştirgan. Şundan söng, u Eron parlamenti spikeri hamda Eronning diniy rahnamosi Oyatulloh Ali Husayni Xamanei bilan ham uçraşadi.






