BMT Boş kotibi Pan Gi Mun Yaponiyaning boş kotib rejasidan xavotirda ekaniga qaramasdan, Pekinda bölib ötadigan Ikkinçi jahon uruşi tugallangani va Osiyoyada yapon imperializmi ustidan qozonilgan ğalabaning 70 yilligiga bağişlangan bayram marosimida iştirok etişi haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.
Juma, 28 avgust kuni Yaponiya BMT Boş kotibi Pan Gi Munning Osiyoda yapon imperializmi ustida qozonilgan ğalabani nişonlaş maqsadida Xitoyga taşrif buyurayotgani yuzasidan xavotirini bildirgan edi. Yapon tomonining fikriça, mazkur taşrif jahon taşkiloti rahbarining “betarafligi”gi masalasini şubha ostida qoldiradi.
“Xabaringiz bor, men Ikkinçi jahon uruşi tugallanining 70 yilligi hamda BMT taşkil topişi munosabati bilan Pekinga taşrif buyuraman”, – deya Boş kotib sözlaridan iqtibos keltiradi agentlik.
BMT matbuot xizmatining xabar berişiça, kotib 2-6 sentabr kunlari Xitoyga taşrif buyuradi. Pekinda Pan Gi Mun XXR raisi Si Tszinpin va boşqa rasmiy şaxslar bilan uçraşuvlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Avvalroq XXR taşqi işlar vazirligi 3 sentabr kuni bölib ötadigan tantanali marosimda 49 davlat vakillari, şu jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ham iştirok etişini ma'lum qilgan edi.
Bayram munosabati bilan poytaxtda 12 ming harbiy, 500ta texnika, 200dan ziyod samolyotlar iştirok etadi. Paradda dunyoning 17 mamlakatidan ming nafarga yaqin harbiy iştirok etişi ham ma'lum qilingan.






