Bugun, 30 avgust kuni qozoğistonliklar respublika Konstitutsiyasi qabul qilinganining 20 yilligini nişonlamoqda. Uşbu sana 1995 yildagi umummilliy referendum natijasida Qozoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga bir yil tölişi munosabati bilan bayram sifatida belgilangan edi. 1995 yilgi hujjatga 1998 va 2007 yillarda özgartişlar kiritildi.
“1995 yil 30 avgustdagi Konstitutsiya töğrisidagi referendumda biz yagona huquqiy yölni tanladik”, – dedi Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 28 avgust kuni bölib ötgan “Konstitutsiya: birlik, barqarorlik, taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi çoğida.






