"Mançester Yunayted” jamoasining ispaniyalik darvozaboni David de Xeaning “Real” jamoasiga transferi böyiça yuzaga kelgan mojaroli vaziyatga nuqta qöyildi.

Unga köra, de Xea "Mançester Yunayted"da qoladi.

“Real” yozgi transfer mavsumi yakunlanişidan bir daqiqa ilgari De Xeaning transferini tasdiqlovçi hujjatlarni La Liga rahbariyatiga yuborganini isbotlaş fikridan qaytgan. Bu haqida Ispaniya va Angliyadagi Sky Sports, Marca kabi naşrlar UYeFAga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Şu tariqa, de Xea 2015/16 yilgi mavsumni “Mançester Yunayted”da ötkazadi va kelasi yozda jamoani erkin agent sifatida tark etişi mumkin böladi.

Eslatib ötamiz, "Real" Ispaniyada yozgi transferlar dariçasi yopilganidan 28 daqiqa ötib, La Ligaga de Xeaning hujjatlarini topşirgan va bu darvozabonni yangi mavsum uçun qaydnomaga kiritişdan keçikkandi.