1 sentabrdan boşlab yoş nafaqasidagi barça odamlarga yetkaziladigan oylik tölovlar miqdori 6.7 foizga oşirilib, 160 lariga yetkaziladi va 68 dollarni taşkil etadi.
“Buning uçun yiliga yana qöşimça ravişda 300 mln lari kerak böladi, bu allaqaçon byudjyetda közda tutilgan”, - dedi mehnat, soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya vaziri örinbosari Zaza Sopromadze jurnalistlar bilan muloqot çoğida.

Ilgariroq moliya vaziri Nodar Xaduri 2015 yili pensiyaning oşirilişi tamaki mahsulotlariga örnatilgan aksiz soliqlarining ösişi hisobiga amalga oşirilişini xabar qilgan edi. Aytilişiça, joriy yildan boşlab aksiz soliqlari filtrli sigaretalar uçun 20 foizga, filtrsiz sigaretalar uçun esa 25 foizga oşadi.
Oxirgi 1.5 yil içida Gruziyada nafaqaxörlar soni 17 ming kişiga köpaydi. Bugungi kunda ularning umumiy soni 703 ming kişiga teng.
“Nafaqaxörlarning umri davlat dasturi doirasida nafaqa yoşidagi şaxslarga ajratilgan dunyodagi eng yaxşi tibbiy suğurta paketlari hisobiga oşdi”, - ta'kidladi Sopromadze.

Bundan taşqari, hukumat maxsus pensiya tizimi islohotini ötkazib, jamğarib boriladigan pensiya tizimini joriy qilmoqçi. Bu, Sopromadzening fikriça, nafaqaxörlarni uzoq istiqbolda yuqori pension daromad bilan ta'minlaydi.