"Mançester Yunayted"ning asosiy hujumçisi Ueyn Runi jamoaning oxirgi transferlaridan biri, fransiyalik yoş hujumçi Antoni Martialning kimligini suriştirdi.

Şu maqsadda u "MYu"ning boşqa bir fransiyalik futbolçisi Morgan Şnayderlinga murojaat qilgan.

"Töğrisini aytsam, keça Runi oldimga keldi va Martialning kimligini söradi. Sardor jamoamiz bu futbolçiga qiziqişni boşlaguniça u haqida heç qanday ma'lumotga ega bölmagan.
Men unga Martialning ötgan mavsumda "Monako" safida ötkazgan öyinlari haqida aytib berdim. Uning texnikasi Terri Anrini eslatişi haqida aytganimdan keyin Runi Martial haqida uzil-kesil tasavvur hosil qildi.
Ayni vaqtda köpçilik bu transfer summasining öta katta miqdordaligiga e'tibor qaratmoqda. Men Martialdan bu gaplarga çalğimasligini söragan bölardim. Matbuotda uning öziga sarflangan mablağni oqlaşi böyiça munozara ketmoqda. Undan yangi mavsumda juda köp gollar urişini kutişlari tabiiy. Lekin u özining imkoniyatlarida öynab berişi yetarli böladi. U bosim ostida qolmasligi kerak. Menimça şunda hammasi yaxşi böladi", deydi Şnayderlin.

Eslatib, ötamiz, "MYu" 19 yoşli bu futbolçining transferi uçun "Monako"ga 80 mln yevro tölaydi.