Jahon çempionati-2018 saralaşining ikkinçi bosqiçi, 3-turi doirasidagi Özbekiston – Yaman uçraşuvi oldidan 2 sentabr kuni har ikki jamoa boş murabbiylari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Bu haqda Özbekiston futbol federatsiyasi rasmiy saytida xabar berildi.
Matbuot anjumanining birinçi qismida jurnalistlar savollariga Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan javob berdi. U bilan bigalikda terma jamoa yarim himoyaçisi Sardor Raşidov ham anjumanda iştirok etdi.
“Ertaga biz yangilangan jamoa bilan ilk uçraşuvni ötkazişimiz lozim. Yiğinlarda imkon qadar samarali işlaşga harakat qildik. Bilasiz, iyul oyida mahalliy futbolçilar bilan yiğin ötkazgan edik. Ikkinçi yiğinga legionerlar ham jalb etildi. Xorijdagi barça futbolçilarimiz bilan töliq tarkibda ikkita maşğulot ötkazdik. Kayfiyat yaxşi, futbolçilar terma jamoa öyinidagi yangi ğoyalarni töliq özlaştirmoqda va qabul qilişmoqda. Öylaymanki, ertaga böladigan öyinda ğalaba qozonamiz”, deya söz boşladi milliy terma jamoa boş murabbiyi.
“Şoxruh Gadoyev bizning diqqat e'tiborimizda. Ammo hozirda tarkibda jamlangan futbolçilar undan köra kuçliroq. Şu sababli u terma jamoaga jalb etilmadi. Muhammadiyev haqida ham şularni aytişim mumkin. Futbolçi terma jamoaga çaqirilişi uçun ikki jihatga ega bölişi kerak: optimal forma va terma jamoa falsafasiga mos kelişi. Biz ataylab terma jamoaning kengaytirilgan tarkibiga köproq futbolçilarni çaqirdik. Çunki legionerlar kelgunga qadar töliq tarkib bilan maşğulot ötkaziş va özaro öyin uyuştiriş kerak edi. Keyin esa asosiy tarkibga kira olmaganlarga javob berdik”.
“Yaman yaqinda ikkita öyin ötkazdi va mana şu uçraşuvlar asosida ma'lumot yiğdik. Biz har bir öyinni örganib çiqdik. Şuni ham qayd etiş kerakki, hozir Osiyoda kuçsiz jamoalar qolmayapti”.
“Terma jamoa boş murabbiyligi klubdagi işdan keskin farq qiladi. Termada asosiy iş ruhiyat bilan boğliq. Agar futbolçilarni öyinga ruhan tayyorlay olsak, öyin ham şunga yaraşa böladi. Futbolçilar kayfiyati a'lo. Mana yonimdagi Sardor buni tasdiqlaşi mumkin. Ayni vaqtdagi terma jamoa tarkibi — özbek futboli tarixidagi eng kuçlisi”.
“Mas'uliyatni öz zimmamga olgan holda aytişim mumkin, terma jamoa ixtiyoriga kelgan har bir futbolçi – u xoh mahalliy futbolçi bölsin, xoh legioner, har doim bor kuçi bilan öynaydi. Bu yigitlarning barçasi vatanparvar. Ularning har biri köz oldimda ulğaygan. Ular bilan birga men ham murabbiy sifatida ösganman”.
“Ayni vaqtda xorijda öynayotgan 9 futbolçining barçasi terma jamoaga mos. Geynrixga keladigan bölsak, biz uning öyinlarini kuzatib bordik va çaqirişga qaror qildik. Bizda har bir futbolçi uçun alohida ma'lumotlar bazasi bor. Ularning har bir öyini tahlil qilib borilmoqda, videosi saqlab qöyilgan”, — dedi Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan.






