Turkiya hukumati Iroq içki işlar vazirligi bilan doimiy aloqada bölib, uşbu mamlakat hududida öğirlab ketilgan 18 nafar turkiyalik işçining taqdirini aniqlaştirişga urinmoqda. Bu haqda Turkiya boş vazirining örinbosari Nö'mon Kurtulmuş bayonot berdi.
Ilgariroq Turkiyaning Nurol quriliş kompaniyasi Bağdodda uning 18 nafar işçisi öğirlab ketilganini rasman ma'lum qilgan edi. AP agentligining ma'lum qilişiça, tunda niqobli odamlar yotoqxonaga bostirib kirib, işçilarni olib ketgan. Işçilar şaharning şialar istiqomat qiladigan Sadr tumani hududidagi masjid qurilişida işlayotgan edi.
2014 yil iyunida IŞID jangarilari Turkiyaning Mösul şahridagi konsulligining 49 nafar xodimini garovga olgan edi. Ular 2014 yil sentabrida ozod qilingan edi.






