Moldava çempionatning 6-turidan örin olgan "Şerif" va "Zimbru" jamoalari örtasidagi markaziy bahsni boşqarib borgan hakam Sergey Derenov qöpol xatolari uçun umrbod hakamlikdan çetlatildi. Bu haqda Moldova futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
"Şerif" va "Zimbru" jamoalari örtasidagi uçraşuv 29 avgust kuni bölib ötgan va bahs "Şerif"ning ğalabasi bilan tugagan — 2:1. Birinçi bölim söngida hakam "Zimbru" öyinçisini maydondan çetlatib, 60-daqiqada "Şerif" darvozasiga penalti belgilagan.
2 sentabr kuni Moldova futbol federatsiyasi hakamlar qömitasi "öyindagi qöpol va köplab xatolar" tufayli Derenovni umrbod hakamlikdan çetlatdi. Şuningdek, Moldova futbol federatsiyasi Derenovni FIFA hakamlari röyxatidan çiqarib taşlaşga tavsiya qildi.






