Vikipediyaning rus tilidagi boş sahifasida “Bilasizmi?” mavzuli rukni 31 avgust–3 sentabr kunlari Özbekiston mustaqilligiga bağişlandi.

“Bilasizmi?” maxsus loyihasi muallifi va koordinatori Aleksandr Raykovning redpen.uz saytiga ma'lum qilişiça, mazkur ğoya tuğilişi bilanoq amalga oşirilgan.
“Materiallarni jamlar ekanmiz, Özbekistonning tabiat hodisalari va e'tiborga molik şaxslarga boy qiziqarli mamlakat ekaniga yana bir bor amin böldik”, – dedi u.
Boş sahifada Özbekiston haqida joylaştirilgan qiziqarli ma'lumotlarning beştasini e'tiboringizga havola etamiz:

1-ma'lumot: “Özbekiston endemik qönğizi yaşaydigan qöriqxonada uni osongina uçrata olmaysiz”.

Glazunova çiroyli tanali qönğizi faqatgina Özbekistonning Nurota toğlarida yaşaydi. Allisthenes turiga mansub mazkur qönğiz ilk bor 1892 yili fanga ma'lum bölgan. 2001 yilda uşbu qönğizni topiş uçun uyuştirilgan ekspeditsiya muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Oradan bir yil ötib, 2002 yilda taşkil etilgan ekspeditsiyada uni uçratişgan. Haşorotning uzunligi 31 mm atrofida. Uşbu qönğizlar mayda haşoratlar va ularning liçinkalari bilan oziqlanadi. Qönğiz Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bölib, Nurota qöriqxonasida davlat himoyasi ostiga olingan.

2-ma'lumot: “Örta asrlar özbek irrigatorlari tektonik yoriqlarni mohirlik bilan çetlab ötişgan”.

Samarqand viloyatining Qöşrabot va Navoiy viloyatining Nurota tumanlaridan oqib ötuvçi Beklarsoy toğ daryosi hududida 1580 yilda Buxoro amiri Abdullaxon II buyruği bilan ajoyib töğon barpo etilgan. Abdullaxonbandi deb nomlangan töğonning umumiy uzunligi 85 metr, balandligi esa 14,5 metr bölgan. Asosining kengligi 15,3 metrni taşkil etgan bölsa, tepa qismi 4,5 metrgaça yetgan. Geologik va geofizik hisob-kitoblar şuni körsatdiki, töğon şunday joyda barpo etilganki, daryo darasining bu qismi nafaqat eng tor, balki tektonik jihatdan eng mustahkam hisoblanadi. Soyning pastki oqimidan esa ikki marotaba tektonik yoriqlar kesib ötadi.