3 sentabr oqşomida köhna qit'aning bir qator stadionlarida Yevropa çempionati saralaş bosqiçining guruhlardagi 7-tur öyinlari bölib ötdi.
“A” guruhi
"A" guruhida kutilmaganda Gollandiya terma jamoasi öz muxlislari köz öngida Islandiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi. Öz maydonida Latviyani sinovdan ötkazgan Turkiya terma jamoasi sönggi daqiqada ötkazib yuborilgan gol tufayli ikki oçkodan mahrum böldi. Qozoğiston terma jamoasi esa tarixiy ğalabaga yaqin kelgandi. Lekin yon qöşnilarimiz ham sönggi daqiqalarda öz darvozalaridan ikkita töp olib çiqib, mağlubiyat alamini totib körişdi.
Ayni vaqtda bu guruhda 7 öyinda 18 oçko jamğargan Islandiya (töplar nisbati +12) yetakçilik qilmoqda. Çexiya esa 16 oçko bilan ikkinçi örinda (töplar nisbati +5). Guruhda favorit sifatida qaralgan Gollandiya hisobidagi oçkolar 10taligiça qoldi (töplar nisbati +6). Turkiya 9 oçko bilan törtinçi (töplar nisbati -1) bölib turibdi. Latviya va Qozoğiston esa 4 va 1 oçkolari bilan guruhning eng sönggi örinlarida qolmoqda.
TURKIYa – LATVIYa 1:1 (0:0, 1:1)
“Konya Byuyukşexir Stadi”
Gollar: 1:0 – 77 Inan, 1:1 – 90 Şabala.
Ogohlantirişlar: Tarasov (9), Tufan (32), Vanin (34), Şabala (90), Vişnyakov (90).
ÇeXIYa – QOZOĞISTON 2:1 (0:1, 2:0)
“Doosan-Arena”
Gollar: 0:1 – 21 Logvinenko, 1:1 – 74 Şkoda, 2:1 – 86 Şkoda.
Ogohlantiriş: Şomko (42).
GOLLANDIYa – ISLANDIYa 0:1 (0:0, 0:1)
“Amsterdam Arena”
Gol: 0:1 – 51, penalti Sigurdsson.
Çetlatiş: Martins Indi (33).

“B” guruhi.








