Gvatemala prezidenti Otto Peres Molina öz iste'fosini e'lon qilganidan bir neça soat ötib hisbga olindi, deb yozdi The New York Times naşri.
Endilikda sobiq prezident Gvatemala poytaxtidagi Matamoros qamoqxonasida sud hukmini kutadi.
Sud eşittiruvi jarayonida mamlakat boş prokurori olti soatlik muhokamalarning audioyozuvini taqdim etdi. Molina sud zalidan xotirjam holda çiqib, jurnalistlarga faqatgina eşitiş ötgani, oldinda esa tergov jarayonlari borligini aytib ötdi.
“Biz gvatemalaliklar qonunlarni hurmat qilişimiz kerak va men aminmanki, mazkur jarayonda ham qonun hurmat qiliniladi”, – deya ta'kidladi sobiq prezident.
Molina mamlakat bojxona organlarida aniqlangan katta miqdordagi poraxörlik işida ayblanmoqda.
Avvalroq BMT boş kotibi Pan Gi Mun Gvatemaladagi prezidentlik saylovini osoyiştalikda ötkazilişiga çaqirgan edi.
Bundan oldinroq, Gvatemala prezidenti Otto Peres Molina iste'foga çiqqni haqida xabar berilgandi.
Uning iste'fosiga mamlakat boş sudyasi tomonidan uning hibsga olinişi töğrisidagi qaror qabul qilingani sabab bölgan.
Şuningdek, sud Gvatemala prezidentining daxlsizlik huquqidan mahrum etib, unga mamlakatni tark etişni taqiqlab qöygan edi.






