Tailand poytaxti Bangkokda boks böyiça Osiyo çempionatida uç nafar özbekistonlik boksçi final yöllanmasini qölga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya Qömitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozişiça, vazni 52 kg.gaça bölgan çarm qölqop ustalari iştirokidagi musobaqalarda ringga çiqqan Şahobiddin Zoirov xitoylik Çjiyanguan Xu ustidan 3:0 hisobida zafar quçib, finalga çiqqan. Hal qiluvçi jangda Zoirov qozoğistonlik Oljas Sattibayevga qarşgi ringga kötariladi.
81 kg.gaça vazn toifasida Elşod Rasulov ham yarim final bahsida koreyalik Kim Xyong Kyu ustidan zafar quçib, ertaga ötkaziladigan final jangida qozoğistonlik Adilbek Niyazimbetov bilan kuç sinaşadigan böldi.
Eng yengil (-49 kg) vaznda ringga kötarilgan Xasanboy Dösmatov AIBA bayroği ostida iştirok etayotgan hindistonlik Devendro Sinh Laişram ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozondi va 5 sentabr kuniga belgilangan hal qiluvçi final jangida Rogen Ladon (Filippin)ga qarşi ringga kötariladigan böldi.
Oğirlik vazni 60 kg.gaça bölgan çarm qölqop ustalari örtasidagi musobaqalarda yarim finalga qadar mağlubiyatsiz kelgan Elnur Abduraimov uşbu bosqiçda möğilistonlik boksçi qarşiligini yenga olmadi. Şunga qaramay Elnur Özbekiston terma jamoasi hisobiga Osiyo çempionatining bronza medalini keltirdi.
Eslatib ötamiz, bugun, şuningdek, Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg), Fazliddin Ğoipnazarov (-64 kg), Bektemir Meliqöziyev (-75 kg) hamda Rustam Tölaganov (-91 kg) yarim final janglarida ringga kötariladilar.






