Özbekiston çegaraçilari davlat çegarasini buzib ötişga harakat qilgan Qirğiziston fuqarosini yaraladi. Bu haqda çegara qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilişiça, 4 sentabr kuni soat 15:25da Namanganning Yangiqörğon tumani Oqtom qişloği yaqinida çegaraçilar çegarani buzib ötişga harakat qilayotgan şaxsni körib qolişgan. Ogohlantirişga qaramay, çegarani buzgan şaxs qoçişga harakat qilgan.
Uni töxtatiş uçun dastlab havoga öq uzilgan, söng Qirğiziston fuqarosi tomonga öq uzilib, u yaralangan.
Aniqlanişiça, u Jalolobod viloyatining Olabuqa tumanidagi Mozor qişloğida istiqomat qiluvçi 24 yoşli A. Tojimatovdir. U Yangiqörğonda jarrohlik amaliyotidan ötkazildi. Hozir Tojimatovning ahvoli yaxşi ekanligi aytilmoqda.
Xabarnomada ta'kidlanişiça, Tojimatovning telefonidan diniy mazmundagi yozuvlar topildi. Voqea yuzasidan jinoiy iş qözğatildi.






