6 sentabr oqşomida Yevro-2016 saralaşi bosqiçining A, V va N guruhlarida 8-tur öyinlari ötkazildi.

A guruhida Islandiya Qozoğiston bilan 0:0 hisobidagi durang natijadan keyin guruhda muddatidan oldin kamida ikkinçi örinni oliş imkoniyatini ta'minladi va öz tarixida ilk marta Yevropa çempionatiga yöl oldi.
Şuningdek, bu turni safarda Latviyaga qarşi öyinda 2:1 hisobida ğalaba qozongan çexlar ham turnirga muddatidan oldin çiqişdi.
Turkiyada mezbonlar va Gollandiya terma jamoasi örtasida ötkazilgan muhim öyinda Fotih Terim şogirdlari 3:0 hisobida ğalaba qozonib, uçinçi öringa kötarilib oldi. Agar örinlar keyingi 2 tur natijalariga köra özgarmasa, Gollandiya 2016 yili Fransiyaga bormaydi.

Islandiya – Qozoğiston 0:0 (0:0, 0:0)
Ogohlantirişlar: Gudmundsson (20), Jolçiyev (30), Nusirboyev (40), Suyumboyev (64), Logvinenko (70), Merkel (75), Gunnarsson (80).
Çetlatiş: Gunnarsson (89).

Latviya – Çexiya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 13 Limberski, 0:2 – 25 Darida, 1:2 – 73 Zyuzin.
Ogohlantirişlar: Maksimenko (45), Dubra (55).

Turkiya – Gollandiya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 8 Oz'yaqub, 2:0 – 26 Turan, 3:0 – 85 Yilmaz.
Ogohlantirişlar: Turan (24), van Persi (36), van der Vil (62), Ozbayrakli (69), Balta (74), Oz'yaqub (75), Tufan (87).

V guruhida ham Uels va Belgiya terma jamoalari guruhdan çiqiş masalasini deyarli hal qilişdi. 8-turda Uels Isroil bilan 0:0 hisobida durang öynadi va oçkolari sonini 18taga yetkazib, guruh yetakçiligini saqlab qoldi. Safarda Kiprni 1:0 hisobida mağlub etgan belgiyaliklar esa 17 oçko bilan ikkinçi örinda ketişmoqda. 6 sentabr kuni Bosniya va Gertsogovina Andorrani 3:0 hisobida yengdi, lekin bu terma jamoa birinçi va ikkinçi örin uçun kuraşdan çiqqan. Uçinçi örinda 13 oçkoga ega isroilliklar, törtinçi örinda 11 oçko bilan bosniyaliklar joylaşişgan.