Jaguar Land Rover alyansining zavod atelesi Special Vehicle Operations (SVO) öz tarixidagi ilk zirhlangan Range Rover Sentinel avtomobilini işlab çiqdi. Yangi avtomobil Autobiography krossoverining top versiyasi negizida yaratildi.

Range Rover Sentinel avtomobili VR8 zirhi bilan ta'minlandi. Bu maşina kuzovi 7.62 kalibrdagi zirhni teşuvçi-yonuvçi öqlarning tegişiga bardoş bera oladigan yuqori mustahkamli pölat listlar bilan kuçaytirilganini anglatadi.
Bundan taşqari, avtomobilga 15 kg trotil ekvivalentidagi portlaşlar ham qörqinçli emas. Maşinaning tagi va tomi DM51 rusumidagi parçalanuvçi nemis granatasining portlaşiga bardoş bera oladi.

Modelning standart oynalari köp qatlamli öq ötmaydigan tonirovka qilingan oynalarga özgartirildi. Yöltanlamas qayta sozlangan podveska, 20 dyuymli ğildiraklar diski va Run-Flat texnologiyasidagi pokrişkalar, yonğinni öçiriş tizimi, katta siğimga ega qöşimça akkumulyator hamda 380 va 365 millimetrli old va orqa tormoz disklari mexanizmlari bilan ta'minlandi.

Avtomobil yordamçi falokat çiqişi bilan jihozlandi – avtomobilning eşiklari oçilmay qolganda haydovçi va yölovçilar uni orqa örindiq ortida joylaşgan darça orqali tark etişlari mumkin.

Range Rover Sentinel 340 ot kuçiga erişa oladigan 3 litrli 6 silindrli benzinli motor bilan jihozlandi. Motor ZF kompaniyasining 8 poğonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan juftlikda işlaydi.

Avtomobil Londonda 15-18 sentabr kunlari bölib ötadigan Defence and Security Equipment International Show körgazmasida ilk bor ommaviy ravişda namoyiş qilinadi. Yöltanlamaslar Yevropa, Janubiy Amerika, JAR va Yaqin Şarq davlatlarida sotiladi. Maşinaning narxi 400 ming funt sterlingga (610 ming dollarga) yaqinni taşkil qiladi.