Avgust oyi yakunlariga köra, Toşkent ikkilamçi uy bozoridagi örtaça taklif narxi iyul bilan taqqoslaganda 1 foizga pasaydi.

"Gazeta.uz" naşrining ma'lum qilişiça, uyning 1 kvadrat metr uçun 730 şartli birlikni taşkil etmoqda. Panel uylardagi kvartiralar örtaça narxi 697 ş. b., ğişt uylardagi — 772 ş. b. ni taşkil qildi.

Avgust oyida Toşkentdagi 11 tumandan 6 tasida:

Mirzo Uluğbek tumanida - 724 ş. b.;
Yaşnobod – 656;
Çilonzor – 741
tumanlarida narxlar 3 foizga;

Sergeli - 577 tumanida 2 foizga,
Uçtepa-701
Yakkasaroy - 792 tumanlarida 1 foizga tuşgan.
Şayxontohur tumanida (851) narxlar 1 foizga, Mirobod (790), Olmazor (719) va Yunusobod (763) tumanlarida 2 foizga qötarilgan bölsa, Bektemir tumanidagi (507) narxlar ötgan oyga nisbatan deyarli özgarişsiz qolgan.