Amerikaning Apple kompaniyasi bugun (9 sentabr) özining yangi smartfoni – kattalaştirilgan displeyga ega iPhone 6S Plus’ni taqdim etadi.

Yangi smartfonning körgazmasi Toşkent vaqti bilan soat 22:00da San-Frantsiskodagi Bill Graham Civic Auditorium binosida bölib ötadi.

Taxminlarga köra, qurilma yangi operatsion tizim – iOS 9’da işlaydi. Bundan taşqari, unga yaxşilangan displey va kamera örnatilişi, şuningdek, smartfon yangi ranglarda çiqarilişi kutilmoqda.

Şuningdek, 9 sentabr kuni yangilangan köp funksiyali qöşimça TV – Apple TV ham taqdim etiladi.

Ma'lumot uçun, Apple’ning sönggi kattalaştirilgan ekranga ega bölgan iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlari sönggi 9 oy içida kompaniyaga rekord darajadagi 183 mln dollar daromad keltirdi.