8 sentabr oqşomida Yevro-2016 musobaqasi saralaşining guruh bosqiçidagi 8 tur öyinlari davom ettirildi.
S guruhi
S guruhi yetakçisi Ispaniya safarda Makedoniya bilan öynadi va kiçik hisobdagi ğalaba bilan kifoyalandi. Guruhning yana bir yetakçisi Slovakiya Ukraina bilan nursiz durang qayd etdi, Belarus öz maydonida Lyuksemburgni 2:0 hisobida yengdi. Ayni vaqtda guruhda Ispaniya terma jamoasi 8 öyindan 21 oçko jamğargan holda birinçi örinda turibdi. Ikkinçi örindagi Slovakiya hisobida esa 19 oçko mavjud. Ukrainlar uçinçi örindan pastga tuşmaslikni kafolatlaşgan. Belarusda 7, Lyuksemburgda 4, Makedoniyada esa 3ta oçko mavjud.
Makedoniya – Ispaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 8 Mata
Ogohlantirişlar: Diyego Kosta (30), Petroviç (33), Buskets (47).

Slovakiya – Ukraina 0:0 (0:0, 0:0)
Ogohlantirişlar: Gamşik (11), Ribalka (21), Domber (47), Konoplyanka (79), Stepanenko (90).
Belarus – Lyuksemburg 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 34 Gordeyçuk, 2:0 – 62 Gordeyçuk.
Çetlatiş: Filipps (77).
Ye guruhi
Bu guruhda avvalgi turdayoq Angliya terma jamoasi Yevro-2016 yöllanmasini naqd qilib bölgan, 8 turda Şveytsariyaga qarşi öyin esa birinçi örin masalasiga oydinlik kiritdi. Londondagi öyin mezbonlarning 2:0 ğisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi va Runi bu öyinda ham gol urib, terma jamoa uçun gol urgan angliyalik hujumçilar orasida 50ta gol bilan peşqadamga aylandi. Angliya hisobida ayni vaqtda 24ta oçko, Şveytsariyada esa 15ta oçko bor.
Sloveniya bu turda Estoniyani 1:0 hisobida mağlub etib, 12 oçko bilan Şveytsariyani ta'qib etmoqda. Litva San-Marinoni 2:1 hisobida yenggaç, guruhda 10 oçko töplagan Estoniyadan keyin 9 oçkosi bilan beşinçi bölib turibdi.








