Yaqin Şarqdagi inqiroz köpçilik davlatlarni öz ittifoqçilariga boşqaça köz bilan qaraşga va Rossiyaning mintaqadagi vaziyatni barqarorlaştirişdagi örni muhimligini tuşunişga majbur qilmoqda. Bu haqda Deutsche Wirtschafts Nachrichten naşri yozmoqda.
“Suriya masalasi böyiça AQŞ fronti barbod bölmoqda: Avstriya va Ispaniya Başar Asad va Putinning fikrini inobatga olişni talab qilmoqda. Vaholanki AQŞning asosiy maqsadi har qanday yöl bilan Asadni qulatişdir”, - deyiladi maqolada.
Şu bilan birga, Yevropada migratsion inqiroz borgan sari avj olmoqda, bu esa mintaqa davlatlarini öz xatti-harakatlarini qayta körib çiqişga majbur qilmoqda. Avstriya boş vaziri Sebastyan Kurts uşbu muammoni hal qilişda Rossiyaning ham iştiroki etişi lozimligini ta'kidlamoqda.
“2011 yili Suriyada fuqarolik uruşi boşlanganida Yevropa davlatlarining fikri bir joydan çiqib, Asad hokimiyatini tugatiş kerakligi köp bora aytilgan edi. Ammo IŞIDning harbiy muvaffaqiyatlari va qoçqinlar oqimi bu masalani qayta körib çiqişga majbur qilmoqda”, - xulosa qildi jurnalist.






