Özbekiston prezidentining “Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidaan hukumatning tegişli qarori qabul qilindi.
uşbu qaror OTMlari rahbarlari va yetakçi pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş mexanizmlarini takomillaştirişga bağişlandi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
OTMlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş kurslari töğrisidagi nizom;
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OTM rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, attestatsiyadan ötkaziş jarayonlarini taşkil etiş işlarini muvofiqlaştiriş böyiça idoralararo komissiya tarkibi;
Bazaviy OTMlarining öquv-metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, ularni öqitişning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikalar va texnik vositalari bilan ta'minlaş böyiça tadbirlar kompleksi.
Yuqoridagi hujjatlar va çora-tadbirlar kompleksi doirasida oliygohlarning pedagoglari va rahbarlari, idoraviy mansubligidan qat'iy nazar, 3 yilda kamida bir marta tegişli yönaliş böyiça malaka oşirişi talab etiladi.
Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari tinglovçilari bepul asosda öqitiladi.






