Qirğizistonning közga köringan davlat arbobi Turdaqun Usubaliyev olamdan ötdi. Bu haqda Qirğiziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Siyosatçi duşanba kuni Bişkekda 96 yoşida vafot etdi.
Buning yuzasidan Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayevga ta'ziya xati yöllagan Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Usubaliyevning Qirğiziston tarixida tutgan muhim örnini alohida qayd qilib ötdi.
Turdaqun Usubaliyev 1919 yil 6 noyabrda Norin viloyatining Qöçqor qişloğida dunyoga kelgan. U 1961-1985 yillarda Qirğiziston Kommunistik partiyasi ijroiya qömitasi birinçi kotibi bölgan, ya'ni amalda 25 yil Qirğizistonga rahbarlik qilgan.
U köplab mukofotlarga sazovor bölgan. Qirğiz Respublikasi Qahramoni sifatida “Oqşumqor” faxriy belgisi bilan taqdirlangan.






