Yurtdoşlarimizning Saudiya Arabistoniga haj safarlari muvaffaqiyatli davom etmoqda. Hozirga kunda Madinai munavvara va Makkai Mukarramadagi ziyoratçilarimizning soni 3500 tadan oşdi. Jumladan, Madinai munavvaradagi 1200 dan ziyod vatandoşlarimiz kötarinki ruh bilan Rasululloh (s.a.v.)ning ravzalari, Uhud toği, Masjidi Qiblatayn va Islom tarixida ilk bor barpo etilgan “Qubo” masjidini ziyorat qilmoqdalar.
Xususan, Uhud toği yonida hazrati Hamza roziyallohu anhu, u kişining safdoşlari Mus'ab ibn Umayr va Abdulloh ibn Jahş roziyallohu anhumo va boşqa sahobiylar dafn qilingan qabriston ziyorat qilinib, ular haqiga duolar qilindi.
“Masjidi qiblatayn” (ikki qiblali masjid) ba'zan “Masjidi banu Salama” deb ham ataladi. Çunki, bu yerda öz davrida arablarning Banu Salama qabilasi yaşagan. Adr tepasiga qurilgan uşbu masjidda avval ikki mehrob bölib, biri “Baytil maqdis” (Quddus), ikkinçisi Makkadagi “Baytulloh”ga qaragan edi. Çunki, hijratdan keyin ön yetti oygaça “Baytil maqdis”ga qarab ibodat qilingan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam u masjidda namoz öqiyotganlarida Alloh taolo tomonidan Baytullohga yuzlanib namoz öqişga amr bölganligi uçun ham u masjid ikki qiblali masjid deyilgan. Hozir “Bayti maqdis”ga qaragan mehrob berkitilgan.
Qubo masjidi Madinaning janubi-ğarbida, Masjidi Nabaviydan beş kilometr masofada (mö'tadil yurişda yarim soatlik yöl) joylaşgandir. Qubo masjidi Islom tarixida birinçi qurilgan masjid bölib, Qur'oni karimda u haqda şunday quyidagi oyat mavjud: “...Birinçi kundan taqvoga asoslangan masjid esa, unda turişingizga loyiqroqdir. Unda poklanişni xuş köradigan kişilar bor. Alloh esa poklanuvçilarni sevar” (Tavba, 108)
Abu Abdulloh Yoqub Hamaviy “Mö'jamul buldon” asarida quyidagi ma'lumot mavjud berilgan: “Quboning asli ismi “Quduq” edi. Qubo esa Amr ibn Avf bolalariga tegişli qişloqning nomi bölgan. Payğambarimiz (s.a.v.) Madinaga hijrat qilayotganlarida öşa yerda töxtaganlar va masjid qurganlar, söng unga Qubo deb nom berganlar. Ibn Abu Xaysama aytadi: “Masjid qiblasiga birinçi toşni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qöydilar. Söng Abu Bakr Siddiq (r.a.), keyin Umar ibn Xattob (r.a.) kelib Abu Bakrning toşi ustiga toş qöydi. Şundan söng odamlar uni qurişga boşlaşdi”. Masjidda Abu Ayyub Ansoriyga (r.a.) tegişli quduq, Payğambarimiz (alayhissalom) tuyalarining çökkan örni bölgan.
Ayni vaqtda, Makka şahrida yetib kelgan 2300 dan ziyod ziyoratçilarmiz umra amallarini ado etib, “Masjidi Haram”da ibodat bilan şuğullanmoqdalar. Yurtdoşlarimiz ibodat uçun barça şaroitlar yaratib berişga harakat qilayotgan, çiroyli muomala-munosabatlarda bölayotgan işçi guruh a'zolari, şifokorlar, ellikboşilar va oşpazlarning beminnat xizmatlaridan minnatdorligini izhor etmoqdalar.
Muborak haj amallarini bajarişga huşnudlik bilan tayyorgarlik körayotgan ziyoratçilarimiz aziz va mö'tabar Vatanimizga tinçlik va osoyiştalik, xalqimizga farovonlik, dasturxonlarimizga tökin-soçinlik, muhtaram Yurtboşimizning el-yurt manfaati yölidagi barça xayrli işlariga muvaffaqiyatlar tilab duolar qilmoqdalar.

Din işlari böyiça qömita Axborot xizmati






