Rossiyaning Voronej viloyatida Özbekiston va Tojikiston fuqarolari jami 4 kg. giyohvandlik moddasi (geroin) bilan qölga tuşdi. Bu haqda giyohvandlik moddalar aylanmasini nazorat qiliş federal boşqarmasining Voronej viloyati bölimi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaning yozişiça, 36 yoşli Tojikiston fuqarosi 28 dona yelim idişga solingan 1,3 kg miqdoridagi geroin moddasi bilan, Liska şahrida yaşab kelgan 22 yoşli Özbekiston fuqarosi esa 500 gr. geroin moddasi bilan qölga tuşgan.
Şuningdek, yana ikki nafar Özbekiston fuqarolari Novovoronej şahrida taxminan 2,5 kg geroin moddasini sotiş jarayonida qölga olingan.
Ayblanuvçilar 15 yil muddatgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi kutilmoqda.






