“Mir” telekanalining Qozoğiston filiali xodimlari sönggi qozoq xoni Kenesari Qosimovning boşini qidirib, öz tadqiqotlari asosida hujjatli film suratga olişdi.

Kenesari Qosimov (1802-1847) oxirgi maşhur qozoq sultoni bölib, junğorlarga qarşi kuraşda nom çiqargan Ablayxonning nabirasi hisoblanadi. 1837 yildan boşlab Rossiyaga qarşi kuraş olib borgan. 1841 yilda u uçala qozoq juzining xoni deb e'lon qilingan. 1847 yili qirğiz oqsoqollari tomonidan uning boşi tanasidan judo qilingan. Sönggi qozoq xonining kallasi ular tomonidan tobe'lik izhori sifatida Rossiya Imperiyasi hukumatiga topşirilgan.

Şundan buyon uning boşi qayerdaligi noma'lumligiça qolmoqda. Sovet davrida u Rossiyaning muzeylaridan biriga taqdim etilgan, keyinroq esa sirli ravişda ğoyib bölgan.
“Mir” telekanalining qozoğistonlik ijodkorlari Kenesarining boşi qayerda ekanligini aniqlaşga intilib, Rossiyaning bir qança muzey va arxivlariga taşrif buyurişdi. Garçi ular jumboqni hal qila olmagan bölsa-da, arxivlarda köplab yangi hujjatlar va topilmalarga duç kelişdi. Ular orasida eng diqqatga sazovori 200 yil muqaddam daştda kuylangan aşulalar matni böldi.
Film Moskva, Omsk, Ostona, Bişkek, Sankt-Peterburg şaharlarida olib borildi.

“Kenesari Qosimov şaxsiyati afsona va rivoyatlarga çulğangan. Filmda biz uning boşi qayerga ketganligi haqida eng keng tarqalgan versiyalarni körib çiqib, asossiz va yangliş taxminlarni inkor qilişga intildik”, - dedi kinoloyiha boşlovçisi, jurnalist Timur Sandiboyev.