APLning ötgan mavsumida çempion bölgan "Çelsi" jamoasi yangi mavsumdagi muvaffaqiyatsiz öyinlarini davom ettirmoqda.

Bugun "Everton" va "Çelsi" öyini orqali APLning beşinçi turiga start berildi. Bu öyinda Joze Mourino şogirdlari 1:3 hisobida mağlub bölişdi.

Avvaliga 9 daqiqada mezbonlar safida Beşiç jarohat oldi va majburiy özgariş amalga oşirilib, uning örniga faxriy hujumçi Neysmit maydonga tuşirildi. Aynan şu futbolçi "Çelsi" darvozasiga urilgan uç golga mualliflik qildi. Mehmonlar safida javob töpi esa Matiç tomonidan 36 daqiqada kiritildi.

Bu mağlubiyatdan keyin "Çelsi" 4 oçko bilan 14 örinda qolmoqda. Tur yakunlariga köra, jamoa yanada quyiga şönğişi mumkin.

"Everton" esa bu ğalabadan keyin 8 oçko bilan hozirça beşinçi öringa kötarildi.

"Çelsi" keyingi turda öz maydonida Londonning boşqa bir jamoasi "Arsenal" bilan öynaydi. "Everton" esa "Suonsi" maydoniga safar qiladi. Har 2 öyin ham 19 sentabr kuni ötkaziladi.

Angliya çempionati. 5-tur

Everton – Çelsi 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 17 Neysmit, 2:0 – 22 Neysmit, 2:1 – 36 Matiç, 3:1 – 82 Neysmit.
Everton – Xovard, Stounz, Gellouey, Koulmen (Funes Mori, 77), Djagelka, Berri, Beşiç (Neysmit, 9), Barkli, Makkarti, Lukaku, Kone (Lennon, 72).
Çelsi – Begoviç, Zuma, Aspilikueta, Ivanoviç, Terri, Obi Mikel (Kenedi, 55), Matiç, Fabregas (Villian, 74), Pedro (Falkao, 70), Azar, Diyego Kosta.
Ogohlantirişlar: Gellouey (65), Stounz (87), Aspilikueta (88), Diyego Kosta (90).