AQŞning Google va Twitter internet-kompaniyalari mobil qurilmalar, birinçi navbatda smartfonlar uçun qöşma axborot-yangiliklar xizmatini işga tuşirmoqda. Bu haqda Business Insider naşri xabar berdi.
Dasturning öziga xos jihati şundan iboratki, u turli naşrlarga öz materiallarini Google va Twitter internet-resurslarida joylaştiriş imkonini beradi. Hozirda bu uziliş bilan sodir bölmoqda. Bunda köp hollarda foydalanuvçilar özlarini qiziqtirib qolgan maqola bilan tanişiş uçun naşr saytiga kirişga majbur bölmoqdalar. Google va Twitter’ning yangi dasturi özgaça yölni taklif qilmoqda – endilikda maqolalar töla hajmda darhol paydo böladi.
“Kompaniya rivojlanişida mustaqil dasturçilarning iştirokini közda tutuvçi oçiq tizimlarni yaratmoqda. Körinişiça, qolgan ijtimoiy tarmoqlar ham özlarida şunday dasturlarni işga tuşiradilar”, deb ta'kidlanmoqda naşrda.






