Ispaniyada kökrak qafasi sarkomasidan (saratoning bir turi) aziyat çekuvçi erkakka dunyoda ilk bor 3D-printerda bosilgan kökrak qafasi va qovurğalar protezlari ötkazildi. 

Titandan işlangan protezlar Avstraliyaning Anatomics kompaniyasi hamda Avstraliya ilmiy va amaliy tadqiqotlar davlat uyuşmasi bilan birga yaratildi.

Qayd etilişiça, 54 yoşli bemorni an'anaviy usullar bilan operatsiya qiliş köplab olib taşlangan suyaklar va “murakkab geometriya” sababli juda murakkablik tuğdirgan bölardi. Bunda şifokorlar tomonidan işlatiladigan an'anaviy protezlar bemorga kerakli harakatçanlikka erişişga imkon bermas edi. Bundan taşqari, plastinkali implantantlar vaqt ötişi bilan öz şakli va bikrligini yöqotadi.

3D-bosma böyiça mutaxassis Aleks Kingsberining ta'kidlaşiça, qovurğalarni bosib çiqariş jarayoni an'anaviy işlab çiqariş turlaridan ança samaraliroq böldi. Bunda protez bemorda qolgan qovurğalarni hisobga olib yaratilgan. 

Qovurğalarni ötkaziş operatsiyasida iştirok etgan şifokor Xose Arandaning aytişiça, operatsiya muvaffaqiyatli ötgan hamda 3D-printerda bosilgan protez qöyilgan joyiga “qölqopdek ötirgan”.

Qayd etilişiça, bemor operatsiyadan keyin 12 kun kuzatuv ostida bölgan va salomatligi yaxşilanişi bilanoq şifoxonadan çiqarib yuborilgan.